Tarmoqlarda yo‘llarda chigirtkalar to‘dasi uchib yurgani aks etgan videolar tarqaldi. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Buxoro va Samarqand hududlarida ularga qarshi kimyoviy kurash olib borilayotgani, chigirtkaning bu turi faqat saksovul bilan oziqlanishini bildirdi.
Bosh vazir qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbarlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Prezident O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 3,5 mlrd dollarga yetkazish rejalari bilan tanishdi. Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavot mahsulotlarini to‘g‘ri qadoqlash, eksportga yetkazib berishda klaster tizimini yaratish muhimligini ta’kidladi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi karantin ostidagi o‘simlik mahsulotlarini olib kirish va chiqish qoidalarini hamda fitosanitariya talablarini buzganlarni ma’muriy javobgarlikka tortadi. Shuningdek, kimyoviy vositalarni sotish uchun litsenziya beradi.
O‘zbekiston O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan Eron va Pokistondan import qilingan kartoshkalarda xavfli zararkunandalar (nematodalar) aniqlandi. Ta’minotning bir qismi eksportchilarga qaytarilgan, ba’zilari esa yo‘q qilingan. Nematodlarning tarqalishi bilan kartoshka, pomidor, baqlajon va boshqa ekinlarning hosildorligini kamaytirish xavfi mavjud.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting